RIYO (qalb kasalligi)

17 подписчиков

12+
12+

5 просмотров

21 день назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав

17 подписчиков

12+
12+

5 просмотров

21 день назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

5 просмотров

21 день назад

РИЁ қалб касаллиги Рамазон суҳбатларидан #Shayx_Sayyid_Rahmatulloh_Termiziy RIYO Har bir moʼmin-musulmon banda ehtiyot boʼlishi lozim boʼlgan qalb xastaliklarining yana biri riyodir. "Riyo" soʼzi koʼz bilan koʼrish, nazar solish va "odamlar koʼrsin" maʼnolarini anglatadi. Riyo uchun oxirgi maʼno koʼproq xosdir. Ibn Hajar Аsqaloniy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: "Riʼ odamlar koʼrib, egasini maqtashlari uchun ibodatni izhor qilishdir". Tahonaviy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: "Riyo yaxshilikni boshqalar koʼrishlari uchun qilishdir. Unda xolis niyat va ixlos boʼlmaydi". Аlloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi: "Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Аllohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, molini odamlar koʼrishi uchun nafaqa qilganga oʼxshab, botil qilmang. U misoli ustini tuproq bosgan, soʼngra kuchli yomgʼir yogʼib, uni sip-silliq, qilib qoʼygan yassi toshga oʼxshaydir. Kasb qilgan narsalaridan biror narsaga qodir boʼlmaslar. Va Аlloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas" (264-oyat). Аlloh taolo Niso surasida marhamat qiladi: "Ular mollarini odamlar koʼrishi uchun nafaqa qiladilar va Аllohga ham, oxirat kuniga ham iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton boʼlsa, u qanday ham yomon yaqin!" degan (38-oyat). Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Аllohdan Jubbul hazandan saqlashini soʼranglar", dedilar. "Ey Аllohning Rasuli, Jubbul hazan nimadir?" deyishdi. "Jubbul hazan jahannamdagi bir vodiy boʼlib, undan jahannam (qoʼriqchilari) ham har kuni yuz marta panoh soʼraydilar", dedilar. "Ey Аllohning Rasuli, unga kimlar kiradilar?" deyishdi. "Аmallari ila riyo qiluvchi qorilar", dedilar". Riyoning zararlari: 1. Riyo amalning savobini zoe qiladi. 2. Riyo Аlloh taoloning yomon koʼrishiga sababdir. 3. Riyokor Аlloh taoloning laʼnatiga sazovordir . 4. Riyo halokatga olib boruvchi gunohi kabiradir. 5. Riyo riyokorning gʼoyatda johil ekaniga dalil boʼladi. 6. Riyo faqirlikni jalb qiladi. @mehrobuz

Название:

RIYO (qalb kasalligi)

Категория:

Разное