NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI | OLIYCOM

18 подписчиков

12+
12+

2 просмотра

13 дней назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав

18 подписчиков

12+
12+

2 просмотра

13 дней назад

ПожаловатьсяНарушение авторских прав
12+
12+

2 просмотра

13 дней назад

Universitet huzuridagi Аkademik litsey rahbariyati poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan Misr, BАА, Xitoy, Koreya va АQSh kabi xorijiy davlatlar elchixonalari va madaniy markazlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼymoqda. Аkademik litsey oʼquvchilari mazkur davlatlar elchixonalari qoshida faoliyat olib borayotgan fan va madaniyat markazlarining taʼlim dasturlarida ham faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʼlmoqda. Bu esa ularga nafaqat xorijiy tillarni oʼzlashtirishda, balki xorij xalqlari madaniyati, tarixi va sanʼatini ham chuqur oʼrganishlarida katta yordam beradi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyunda imzolangan “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi tarixiy qarori universitet faoliyatiga eʼtibor, uning jamoasi haqida gʼamxoʼrlik ifodasi boʼlishi bilan birga, jamoa oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab bergan tarixiy hujjat boʼldi. Qaror bilan 2026 yilgacha universitet xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilinishi belgilandi, universitetni kompleks rivojlantirish dasturi va maqsadli koʼrsatkichlar tasdiqlandi. Taʼlim sifatini oshirish, uni xalqaro standartlar darajasiga yetkazish maqsadida universitetda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarning oʼquv reja va fan dasturlari xalqaro tajribalar asosida takomillashtirildi. Nomutaxassislik fanlari soni qisqartirildi. Kadrlar isteʼmolchilari talab va takliflarini oʼrganish natijasida oʼquv rejalariga “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”, “Inklyuziv taʼlim. Gospital pedagogika” va “Uzluksiz taʼlimdagi tendentsiyalar va zamonaviy yondashuvlar” kabi fanlar kiritildi. Talabalarning amaliy koʼnikma va malakalarini rivojlantirish maqsadida amaliy mashgʼulot soatlari koʼpaytirildi. Talabalarning mustaqil taʼlim olishiga alohida eʼtibor qaratilib, oʼquv rejada unga ajratilgan soatlar oʼn foizga oshirildi. Mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda oʼqitish ustuvor vazifalaridan biri ekanini inobatga olgan holda mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda oʼqitish uchun nufuzli xorijiy taʼlim muassasalaridan yetakchi mutaxassislar taklif etilmoqda. Universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning taʼlim olishi va yashashi uchun munosib sharoitlar yaratish boʼyicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi oʼn oy davomida Xorijiy tillar fakulьteti talabalari uchun 750 oʼrinli va Tabiiy fanlar fakulьteti talabalari uchun 750 oʼrinli oʼquv binolari foydalanishga topshirildi. Harbiy taʼlim fakulьteti 1050 oʼrinli oʼquv binosi va 200 oʼrinli Talabalar turar joyi kapital taʼmirdan chiqarib, ishga tushirildi. Universitet mablagʼlari hisobidan 400 oʼrinli talabalar turar joyi, 2000 oʼrinli oʼquv binosini qurish ishlari boshlanadi. Universitetning zamonaviy texnika bilan jihozlangan Аxborot-resurs markazida 6 mingdan ziyod nomdagi 911379 nusxadagi adabiyotlar jamlangan. Shulardan, 12794 nomdagi 286184 nusxada darslik, 20969 nomdagi 428358 nusxada oʼquv qoʼllanma; 11937 nomdagi 62975 nusxada badiiy, 5845 nomdagi 21357 nusxada maʼnaviy-maʼrifiy adabiyot, 805 nomdagi 7000 nusxada xorijiy adabiyotlardir. Talabalar oʼquv jarayonida foydalanishi uchun zarur oʼquv adabiyotlari qariyb yuz foizga elektron shaklga oʼtkazilgan. Universitetda talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “5 tashabbus xonasi”, “Yoshlar markazi”, “Shaxmat xonasi”, “Oltin meros” maqomchilar ansambli, “Dilnavo” estrada ansambli, “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi hamda sanʼat, teatr va kino sohasiga qiziquvchi talaba yoshlar uchun “Ijodxona” tashkil tashkil etilib, ularda qariyb 8 ming nafar talaba oʼz isteʼdodini namoyon qilib, sanʼat va sport sirlarini egallamoqda VAQT: 00:00 - KIRISH 00:51 - INTRO 00:57 - TASHRIF 01:06 - Universitetning Kelajakdagi Loyihasi 02:06 - TARIXI [1] 02:39 - INTERVYU [1] 03:21 - FAOLIYAT [1] 04:07 - INTERVYU [2] 04:30 - TARIXI [2] 05:46 - Ko'rgazmali Burchak [1] 07:23 - FAOLIYAT [2] 07:49 - INTERVYU [3] 08:23 - FAKULTETLAR 09:14 - INTERVYU [4] 09:49 - Ko'rgazmali Burchak [2] 12:13 - "Pedogogika va Psixologiya" Fakulteti 12:29 - INTERVYU [5] 12:59 - "Maxsus Pedogogika" Fakulteti 13:25 - "Maktabgacha Ta'lim" Fakulteti 13:34 - "Tillar" Fakulteti 13:45 - "Besh Tashabbus" Xonasi 16:35 - "Musiqiy Ta'lim" Fakulteti 16:54 - "Fizika-Matematika" Fakulteti 17:12 - "Professional Ta'lim" Fakulteti 17:31 - "Harbiy Ta'lim" Fakulteti 17:46 - "Tarix" Fakulteti 18:03 - Nizomiy Nomidagi Shaxmat Akademiyasi 19:26- Mag'lubiyat Bu Darsdir! 20:07 - "Tabiiy Fanlar" Fakulteti 20:36 - "Boshlang'ich Ta'lim" Fakulteti 20:46 - "Xorijiy Tillar" Fakulteti 21:07 - Axborot Resurs Markazi [1] 22:35 - Xalqaro Hamkorlik Aloqalari 23:15 - Tarixiy Qaror- tarixiy Hujjat 23:43 - FAOLIYAT [3] 24:45 - Axborot Resurs Markazi [2] 25:43 - FAOLIYAT [4] 28:54 - INTERVYU [6] 29:17 - Sovrindor Talabalar 29:45 - FAOLIYAT [5] 30:35 - INTERVYU [7] 30:54 - FAOLIYAT [6] 31:41- CHIQISH 32:07 - OUTRO

Название:

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI | OLIYCOM

Категория:

Разное